Популярные Статьи

  • Birinchi kecha: Chimildiq - jinsiy aloqa 18+

    Har bir ayol va erkakning hayotida yuz beradigan birinchi jisniy aloqa aynan chimildiq eshiklari ortida bo'lishini o'zbekchiligimiz, madaniyatimiz, urf-odatimiz va dinimiz taqazo etadi. Aslida chimilqiqqa kirish bahtiga erishganlar bor, erishmaganlar ham bor. Chimildiqdagi birinchi kechani imkon boricha ijobiy tomondan esda qolarlik qilib o'tkazish foydadan xoli bo'lmaydi.

     

    Birinchidan, yangalar kutib o'tirgan bo'lishidan qat'iy nazar shoshilmang. Axir bu sizning hayotingiz, sizning turmush o'rtog'ingiz bilan birgalikda qo'yayotgan birinchi qadamlaringizdir. Oldingizda axir butun tun. Shoshib-pishib harakat qilishdan hech kim yutmaydi. To'y yumushlaridan charchagan yangalar mazza qilib uxlab oladi, xolos.

     

    Ikkinchidan, chimildiqqa kirishingiz bilan aloqaga kirishmang. Erkak ham, ayol ham bunga ruhan tayyor bo'lishi kerak. O'zbekchilikdagi urf-odatlarga ko'ra ko'pincha bo'lajak er-xotin bir-biri bilan sovchilar yordamida tanishib turmush quradilar, bunda er-xotin bir-birini deyarli tanimagan bo'ladi. Shuning uchun chimildiq ichida bir-biringizga ruhan yaqinlashib, ana undan keyin jismoniy yaqinlashishni boshlasangiz bo'ladi.

    Uchinchidan, ruhiy yaqinlashuv vujudga kelishi uchun, bir-biringiz bilan romantik mavzuda gaplashing. Ayol juda qo'rqayogan bo'lsa, erkak uni o'ziga ishontirish maqsadida ko'nglini ko'tarishi lozim. Erkak qattiq asabiylashayotgan bo'lsa, ayol unga mehribonroq bo'lib, tajanglik qilmasligi darkor.

     

    To'rtinchidan, birinchi jinsiy aloqa keyingi aloqalar uchun muhim poydevordir. U qanchalik ruhan yoqimli o'tsa, shunchalik er-xotin orasidagi keyingi jinsiy munosabatlar yaxshi va ravon bo'ladi. Albatta, ayol uchun birinchi jinsiy aloqa jismonan yoqimli bo'lmasligi mumkin, lekin u aynan shu kuni birinchi bor erining mehrini, unga bo'lgan hurmatini, insonni qadrlay olish qobiliyatini va muhabbatini his eta oladi.

     

    Beshinchidan, aloqaning maqsadi yangalarni xursand qilish emas, balki bir-biringizni xursand qilish ekanligi haqida unutmang.

     

    Oltinchidan, chimildiq ilohiy bir joy bo'lgani uchun, unda har xil nojo'yi soz'lar ishlatish, haqorat va janjal chiqishidan ehtiyot bo'ling.

     

    Yettinchidan, chimildiqqa birov kirishiga yo'l qo'ymang. Chimildiq faqat siz va turmush o'rtog'ingiz uchun yaratilgan joy.

     

    Sakkizinchidan, qo'shilib bo'lgandan so'ng, albatta, bir-biringizga minnatdorchilik bildirish haqida unutmang. Ayol kishi uyalgani bilan, uning tabassumidan yoki keyinchalik eriga k'orsatayotgan mehridan minnatdorchiligini bilib olsa bo'ladi.

     

    To'qqizinchidan, ayol uchun birinchi aloqa tajribasi uning keyinchalik aloqadan lazzatlana olish qobiliyatiga juda ta'sir qiladi. Ayolda qo'shilishga yoki turmush o'rtog'iga nisbatan nafrat uyg'onmasligi uchun erkak ma'suliyatlidir.

     

    O'ninchidan, ota-onangiz duolari bilan sizga chimildiqqa kirish nasib aylagani uchun Hudoimga shkuronalar aytishni unutmang.

    Подробнее
  • Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish 18+

    Qanday qilib jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish mumkin» degan savolga berilayotgan ko’plab erkaklar bir narsaga ishonishadi — jinsiy aloqa qanchalik uzoq davom etsa, ayolning ko’zlarida jinsiy gigantlardek e’tibor qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi.

     

    Xo’sh, ayollar bunga qanday qarashadi? «Jinsiy aloqa sifati» deganda ular nimani tushunishadi — faqat uning davomiyliginimi?

     

    Yashirib nima qilamiz — «necha marta?» va «qancha vaqt?» degan savollar odatda erkaklarning suhbatlarida ko’p o’rtaga tashlanadi. Xonimlar sumkalar, chegirmalar va boshqa yoqimli narsalar haqida suhbalashayotgan bir paytda, ularning turmush o’rtoqlari va juftlari juda ham muhim masalalarni muhokama qilishayotgan bo’ladi. Va jinsiy aloqalar soni va davomiyligi muammolari bu savollar ro’yhatida oxirgi o’rinlarda turmaydi, ayniqsa erkaklar hali yosh bo’lishsa va va jinsiy hayotni hali yaqin o’rtada yakunlash rejasi bo’lmasa. Asosan, albatta, ular maqtanish uchun «rekordni urish» ga emas, balki suyukli yorlarini maksimal qoniqtirishga harakat qilishadi. Biroq kimdir ayollarning o’zidan buni so’raganmi? Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish uchun nima qilish kerak? Ehtimol, ularga ko’p soatli jinsiy aloqaga kerak emasdir.

     

    Olimlar aniqlashdi…

     

    Keling, quruq, lekin ob’yektiv ma’lumotlardan boshlaymiz. Seksologlar bila turib ishlashadi — g’ildirakni kashf qilishning hojati yo’q, hamma narsa ancha vaqtdan buyon hisoblab chiqib bo’lingan. Xo’sh. Oddiy erkakda jinsiy aloqa ikki-uch daqiqa davom etadi. To’g’ridan-to’g’ri orgazmga kelsak, bu odamning kuchidan kelib chiqib besh, maksimum o’n soniya davom etishi mumkin. Seksolog A. Kinsey deydi: «Tez jinsiy bo’shalish bilan javob qaytaradigan erkak har qanday patologiyalardan yiroq bo’lganida, boshqa sut emizuvchilar o’rtasida normal hisoblanadi va o’z turi vakillari orasida boshqalaridan hech qanday farq qilmaydi».

     

    Mana shunday! Shuningdek erkalash vaqtini ham qo’shamiz (usiz baribir bo’lmaydi). Demak, normada jinsiy aloqa o’n daqiqa davom etadi va buni seksologlar tasdiqlashadi: «O’n daqiqadan ortiq davom etadigan uzoq jinsiy aloqa, odatda, erkakni ham, ayolni ham charchatadi». Seksologlar jinsiy aloqalar soni haqida nima deyishadi? Chunki ma’lumki, kuchli jins vakillari dunyoda eng ko’p «mijoz sustligigdan» qo’rqishadi va «erkak quvvatini tejash» uchun jinsiy aloqalar sonini kamaytirishga harakat qilishadi. Yo’q va yana bir bor yo’q! Bu xato tushuncha, u askincha ta’sir ko’rsatishi va juda ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aytib o’tamiz: «Jinsiy aloqa davomiyligi ular o’rtasidagi intervallarga bog’liqdir». Boshqacha qilib aytganda, «quvvatni» tejashga harakat qilmang, zero jinsiy aloqalar o’rtasidagi vaqt qanchalik kam bo’lsa, jinsiy aloqa shunchalik uzoq davom etadi va aksincha.

     

     

     

    Ayollar nimani xohlaydi

     

    Turmush o’rtog’ingiz uchun jinsiy aloqaning qancha davom etishi maqbul sanalishi, ayolni jinsiy aloqada qoniqtirish sirlarini aniqlash uchun nima qilish kerakligini qanday bilib olish mumkin? Buni to’g’ridan-to’g’ri so’ramaysiz-ku axir! Va masala soxta uyatda emas albatta — nima tabiiy bo’lsa, u uyat emas. Shunchaki bu savolga samimiy javob olish biroz mushkul. Bundan tashqari, 5 yildan buyon yoshingiz nechi degan davolga bir xil son bilan javob beradigan va jinsiy aloqada qoniqishga shu daraja taqlid qiladigan ayoldan umuman rostgo’ylikni kutib bo’larmidi? Yaxshiyamki, nozik jins vakillari o’z sirlarini baham ko’radigan onlayn forumlar mavjud. Jinsiy aloqada ayollarga nima yoqishini ko’rib chiqamiz va nima qilsa ular taqlid emas, balki haqiqatda lazzatni his qilishlari mumkinligini o’rganamiz.

     

    Biz bir qator ma’lumotlarni qo’lga kiritdik.

     

    22 yoshli ayol mana bunday fikr qoldirgan: «Menga uzoq davom etsa yoqmaydi, keyin hamma hislarim buziladi. Undan ko’ra qisqaroq, lekin tez-tez bo’lib turgani yaxshi!»

     

    Mana yana bir juda aqlli yondashuv: «O’ttiz daqiqa bo’lsa yomon bo’lmasdi. Ammor real nazar solsak, ehtimol, 10-15 daqiqa bo’ladi. Ammo hama narsa yaxshi bo’lsa va siz hayotning mazmunini tushunib yetgandek bo’lsangiz, kim ham daqiqalarni sanab o’tiradi?» Hamma erkaklarning bunday aqlli jufti bo’lsa edi!

     

    Ayollar o’z juftlariga yon berishi va ularga moslashishini isbotlaydigan bir fikr: «Bir erkak o’zi uchun qirq daqiqa davom etadigan jinsiy aloqani uyat deb bilar edi. Shuning uchun, tushunib turganingizdek, har bir intim aloqa marafonga aylanib ketardi. Bu ham yomon emas!» Bu xonimning hamrohining baxti chopgan ekan: aftidan, bu ayol nafaqat taklif qilingan o’yin qoidalarini qabul qilishga tayyorligi, balki chidamliligi bilan ham ajralib turadi.

     

    Lekin asosan, bilib oling, ayollar cheksiz davom etadigan «marafonni» hush ko’rishmaydi, aksincha, aloqalar soni bir nechta bo’lishini afzal bilishadi, mayli ularning davomiyligi rekord darajada bo’lmasa ham, qoldirilgan fikrga nazar: «Menga 3-4 marta 10-15 daqiqadan yoqadi. Erkalashlar bilan jami bir yarim sotalarcha vaqt ketadi. Oddiy va yoqimli:)». Haqiqatan ham yomon emas, ayniqsa, bu jinsiy shifokorlarning jinsiy hayotga yetarlicha tez-tez amal qilish haqidagi maslahatiga mos keladi.

     

    Eng muhimi, to’g’ri yondashuv

     

    Xo’sh, ayollar qanday jinsiy aloqani xohlaydi? Erkaklar va ayollar bir-biridan juda farq qiladigan jonzotlar ekanligini unutmaylik. Agar sizda «jinsiy aloqada ayolni qanday qondirish mumkin» degan savol bo’lsa, siz ayollar psixologiyasining ba’zi xususiyatlarini bilishingiz kerak, biz esa ularni eslatib o’tamiz.

     

    Birinchi qoida . Ayollar uchun jinsiy aloqa — munosabatlarning mantiqiy davomidir. Agar siz uni tushki vaqt xafa qilgan bo’lsangiz, u kechqurun siz bilan ehtimol aloqa qilishni istamaydi. Shuning uchun mavjud kelishmovchiliklarni kunning birinchi yarmida aniqlashtirib oling, qarabsizki, kechga yaqin yarashib olishga ulgurasiz.

     

    Ikkinchi qoida , har bir kishi biladi, lekin javobgar daqiqada ko’pincha unutadi — ayol quloqlari bilan sevadi. U bilan muloyim bo’ling, unga qanday chiroyli (go’zal, betakror) ekanligini aytib turishdan charchamang.

     

    Ayollar romantikani sevadilar. Agar siz qizil yelkanli yaxta tashkillashtira olmasangiz ham, hech bo’lmaganda, bitta guldasta, yumshoq o’yinchoq yoki boshqa yoqimli narsa sotib olishga qurbingiz yetadi. Ko’rasiz — u buni qadrlaydi.

     

    Uchinchi qoidani hamma biladi. Erkalashlarga beparvo bo’lmang, ayniqsa, agar sizning juftingiz shahvoniy lazzatlarni endi kashf qila boshlayotgan bo’lsa. Ayol qancha yosh bo’lsa, unga muhabbatning hissiy tomoni fiziologiyadan ko’ra muhimroqdir. Bu, albatta, agar sizning yoringiz tajribali ayol bo’lsa, erkalashni o’tkazib yuborishingiz mumkin degani emas.

     

     

     

    To’rtinchi qoida . Erogen zonalarni qidirishni to’xtatmang, ularni stimulyatsiya qilish sizning yoringiz ehtirosini oshiradi. Tajribali erkaklar bilishadi: quloqlarning yumshog’ini yengil tishlash, qorinning pastki qismini siypalash yoki umurtqa bo’ylab qo’lni ohista o’tkazish ayollarni ehtiroslantiradi. Boshqalarida esa ehtiros ko’krakni silash natijasida uyg’onadi. Siz mashhur G nuqtani topa olmasangiz ham, harakatlaringiz behuda ketmaydi.

     

    Beshinchi qoida : ayollar erkaklardan kam emas, ba’zida esa ko’proq, jinsiy monotoniyaga (bir xillikka) toqat qilmaydilar. Ular tajribalarga, kutilmagan jinsiy aloqalarga, yangi holatlar va kutilmagan joylarga tayyor. Buni yodda saqlang va o’z fantaziyalaringizni amalga oshirish uchun ularni hamrohingizga taklif qilishdan qo’rqmang.

     

    Har qanday holatda, ayollar qanday jinsiy aloqani xohlashi va yotoqda ayollarni maksimal darajada qondirish usullarini bilish uchun imkon qadar tez-tez sevgi bilan shug’ullanishga harakat qilish kerak. Bu masalada, har qanday ishda bo’lgani kabi, tajriba amaliyot bilan kela boshlaydi.

    Подробнее
  • Sardor Rahimxon va Shohzamon - Narxi qancha mehrni ayting Matn Minus Tas-ix

     

    Sardor Rahimxon va Shohzamon - Narxi qancha mehrni ayting music

    [Sardor Rahimxon]
    Narxi qancha mehrni, ayting?
    Hammasini sotib olaman.
    Oqibati bor ostonaga
    Kerak bo`lsa yotib olaman.


    [Shohzamon]
    Ey, narxi qancha mehrni, ayting, ayting?
    Hammasini sotib olaman.
    Oqibati bor ostonaga
    Kerak bo`lsa yotib olaman.


    [Sardor Rahimxon]
    Qayda mehr bozori, ayting?
    Olib beray mehrsizlarga.
    Kerak bo`lsa, yurib uyma-uy,
    Ulashaman bag`ri muzlarga.


    [Shohzamon]
    Narhi qancha mehrni, ayting?
    O`zim olay yetsa imkonim.
    Yetsa molim, yetmasa jonim,
    Narhi qancha mehrni, ayting?


    [Shohzamon]
    Ey, mehringizdan, mayli, bir hovuch
    Bering yetim go`daklar uchun.
    Ko`zlarida o`kinch va ilinj,
    Mehrga zor yuraklar uchun.


    [Sardor Rahimxon]
    Mehr izlab dunyoni kezdim,
    Olishimga bormi qarshilar?
    O`zimga ham kerakdir, biroq
    Ilinaman sizga, yaxshilar.


    [Shohzamon]
    Mehr bormi eski bo`lsa ham?
    Yo`q, degan so`z yomon nechog`liq.

    Подробнее
  • Munisa Rizayeva - Alamim bor Matn Minus Tas-ix

    Man bemorman, holi yomonman,
    Man mehrga zor-intizorman.
    Tinmadi nolam, yurakda alam,
    Bedavoman, benavoman.


    Dardi ko`zimda bo`lur namoyon,
    Azob dilimda, etmadim bayon.
    Insof o`zingga, tosh yuragingga,
    Bir bor kulmadim xiyonatingdan buyon.


    Bergan va’dang nahot va’da bo`lib qolmadimi?
    Yoki ko`ngling bitta yorga nahot ko`nmadimi?
    Zarra vijdon deganlari to`siq bo`lmadimi?
    Alamim bor, alamim bor. (x2)


    Tun, o`tar oy, bo`lmas nihoya,
    Hol so`rab qo`y – bo`lar kifoya.
    Dilimda nolam, topmadi malham,
    Bedavoman, benavoman.


    Dardni dilimga etarmi paydo,
    O`zga insonga bo`lgani shaydo?
    Insof o`zingga, tosh yuragingga,
    Sevgan yurakni qilib bo`ldi-ku ado.


    Bergan va’da nahot va’da bo`lib qolmadimi?
    Yoki ko`ngling bitta yorga nahot ko`nmadimi?
    Zarra vijdon deganlari to`siq bo`lmadimi?
    Alamim bor, alamim bor. (x2+x3)

    Подробнее
  • Shohruhxon - Malikam Matn Minus Tas-ix

    Shohruhxon - Malikam music Tas-ix

    Sening ishqingda ey, malak,
    Devonaman, devonaman.
    Vaslingga yetolmay halak,
    Giryonaman, giryonaman.


    Nozlaringning adoyiman,
    Jamolingning shaydoyiman,
    El ichra bir savdoyiman,
    Afsonaman.


    Ou, ou, ou, malikam, malikam,
    Senga umrim bersam kam. (x2)


    Dilimni bog`lab dilingga,
    Aylandim oshiq qulingga.
    Ohlarim to`kib yo`lingga,
    Vayronaman, vayronaman.


    Azoblaring tuyib-tuyib,
    Hijroningda kuyib-kuyib,
    Ne ko`rdim, ayt seni suyib?
    Hayronaman.


    Ou, ou, ou, malikam, malikam,
    Senga umrim bersam kam. (x2)

    Подробнее

Последние статьи

Популярные